Jizzax viloyati Gʻallaorol tuman IIB hamda respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Jizzax viloyati boʻyicha vakillik organi oʻrtasida memorandum imzolandi. Shu munosabat bilan tuman IIBda uyushtirilgan tadbir avvalida mamlakatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.
Mazkur memorandum asosida ingliz tilini oʻrganish istagini bildirgan 30 nafar xodim bu yoʻnalishdagi kursda taʼlim oladigan boʻldi. Tadbirda tinglovchilar astoydil harakat qilishsa 6 oyda B1, bir yilda B2 darajasida tilni oʻzlashtirishlari mumkinligi maʼlum qilindi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
