Tadbir


Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami qoʻshaloq bayramga aylanib ketdi. Sababi, bayram kuni boshqarmada zamonaviy axborot-kutubxona markazi foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Xayrulla Bozorov ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami hamda yangi kutubxona binosining ochilishi bilan samimiy tabrikladi.

Mazkur axborot-kutubxona markazida 5500 tadan ziyod turli janrdagi sara kitob­lar jamlangan. Kutubxona zamonaviy koʻrinish va dizaynga ega boʻlib, kitoblarni bosma va elektron shaklda oʻqish imkoniyati mavjud.

Endilikda xodimlar boʻsh vaqtlarida ushbu ziyo maskanidagi ilmiy, siyosiy, tarixiy va badiiy adabiyotlarni bemalol mutolaa qilishi mumkin. Kutubxona sohaga mehnati singan faxriylar uchun ham doim ochiq boʻladi.

 

Abduvosit SIDIQOV,

«Postda» muxbiri.

Fargʻona viloyati.