Norin tumani Xoʻjaqoʻrgʻoncha mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman prokurori A.Turgʻunov, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik U.Boyxonov va boshqalar “Xoʻjaqoʻrgʻoncha” mahallasini qizil toifadan chiqarish va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish kerakligini taʼkidladilar.
Mahallada oʻgʻirlik bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilganligi bu yerda yashovchilarning shaʼniga toʻgʻri kelmaydi. Mahalla faollariga jinoyat sodir etishga moyil shaxslar biriktirilib, ularning xonadonida yakka tartibda suhbatlar tashkil etish toʻgʻrisida bildirilgan takliflar maʼqullandi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
oʻz muxbirimiz.
Namangan viloyati.
