Navoiy viloyati IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlimi hamda Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi xodimlari oʻzaro hamkorlikda Nurota tumanida targʻibot tadbiri tashkil etishdi. Tuman xalq taʼlimi boʻlimida oʻtkazilgan tadbirda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilingan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va oqibatlari muhokama markazida boʻldi. Mazkur mavzuga doir videolavha namoyish etildi. 

Yigʻilish soʻngida qatnashchilarga oʻgʻrilik, firibgarlik kabi jinoyatlardan ogohlantiruvchi hamda tazyiq va zoʻravonlikka uchraganda murojaat qilinishi lozim boʻlgan ishonch telefoni raqamlari yozilgan buklet, flaer va plakatlar tarqatildi. Shu kuni Nurota tumanida yashovchi 2 ta nizoli oilaning kelishmovchilik sabablari oʻrganilib, ularni yarashtirish choralari koʻrildi.

Mahliyo XOLOVA,

"Postda" muxbiri.

Navoiy viloyati.