Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Andijon shahrida joylashgan 7553-harbiy qism osoyishtalik posbonlari tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab, mazkur hududdagi “Ozod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi boshlangʻich tashkiloti yetkachisi, leytenant B. Latipov va boshqalar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, xalq va armiya birdamligini yanada mustahkamlash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli saʼy-harakatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuv soʻngida mahalla vakillari oʻzlarining qimmatli vaqtini ayamasdan kelganliklari uchun ona Vatanimiz himoyachilariga minnatdorlik bildirishdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
