Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB M va FRB tomonidan hudud aholisi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Xususan, tumanda istiqomat qilayotgan xorijlik fuqarolar bilan ham mamlakatimizda qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda.
Yaqinda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet el davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qarori yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Kitob tumani IIB M va FRB boshligʻi, katta leytenant F. Boymirzaev tomonidan tumandagi Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi "Qarshi conch cement" nomli, kuniga 3200 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega qoʻshma korxonasida faoliyat olib borayotgan xorijlik fuqarolarga ham ushbu qaror mohiyati yetkazildi. Mazkur huquqiy hujjat joriy yilning 10 sentyabridan kuchga kirishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Sarvar SOBIROV,
"Postda" muxbiri.
