Yangi yilda boʻling shodon,
Koʻngil doim chogʻ boʻlsin.
Yoʻllaringiz tekis, ravon
Va hamisha oq boʻlsin.
Mudom oʻzni mashgʻul tuting
Samarali ishlarga.
Biroq sira toʻqnash kelmang
Xafalik, nolishlarga.
Kitob oʻqib bilimingiz,
Oshaversin kun sayin.
Har qadamda omadingiz
Kulaversin tinmayin.
Yangi yilda yoʻlingizni
Baxtsizliklar toʻsmasin.
Turli balo-qazolardan
Olloh oʻzi asrasin.
Dillaringiz topsin oro,
Baxtli boʻling chunonam.
Harakatda boʻling ammo
Qoidaga binoan!
Koʻngildagi umidlarni
Ilib qoʻying archaga.
Yangi yilda xavfsiz hayot,
Hamroh boʻlsin barchaga!
Zoyir Yoʻldoshev
