Sirdaryo viloyat IIB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda yaroqsiz goʻsht mahsuloti toʻxtatildi. Buxoro-Toshkent yoʻnalishida kelayotgan “Lasetti” avtomashinasi “Sirdaryo” YPX maskanida koʻzdan kechirilganda, fuqaro A.R.ga 313,0 kg isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshti borligi aniqlandi. Goʻsht mahsulotlarining hech qanday veterinariya hujjatlari yoʻqligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.