Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati boʻlimi va viloyat IIB hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida I.A.Karimov faoliyatiga bagʻishlangan “Yashadingiz Vatan ishqida” nomli kitob taqdimoti ham oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqanlar Birinchi Prezidentimizning yurtimiz mustaqilligi, taraqiyoti yoʻlidagi yuksak mehnati, sarflagan kuch, bilim va salohiyatini eʼtirof etishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mazkur kitobni mutolaa qilish tavsiya etildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.