“Intizom oyligi” doirasida
IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari oʻrganildi. Bunda harbiy xizmatchilarning yashash xonadonlari, oilaviy ahvoli, turmush tarzi koʻzdan kechirilib, oila aʼzolari bilan yaqindan suhbat oʻtkazildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarining murojaatlari boʻyicha joyida kerakli tavsiya va tushunchalar berib oʻtildi.
Adiz NARZIYEV,
Harbiy qism komandirining
tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,
podpolkovnik.
