Buxoro shahar hokimligida viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori M.Istamov, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik M.Miralimov boshchiligida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan manzilli ishlar muhokama qilindi. Unda shahar sektor rahbarlari, prokuratura, ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat vakillari, hokim oʻrinbosarlari, taalluqli tashkilot va korxonalar vakillari hamda shahardagi mahalla "beshligi" ishtirok etishdi. Tadbirda Buxoro shahri oʻz nomiga, tarixiga, nufuziga monand jinoyatdan xoli “yashil" hududga aylanishi lozimligi haqida soʻz yuritildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati