Viloyatimizda qon zaxiralarini yaratish maqsadida “Yaxshilik aksiyasi” tashkil etildi. Qon xizmati muassasasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu tadbirda har doimgidek ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, shu kuni IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7259-harbiy qism shaxsiy tarkibi ham koʻngilli boʻlib qon topshirdi.
Donorlikka kelgan barcha xodimlar dastlab malakali umumiy amaliyot shifokori koʻrigidan oʻtdilar. Qon topshirish jarayonidan soʻng shifokorlar tomonidan ular isteʼmol qilishi kerak boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda muhim tavsiyalar berildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
