Yoshlar – kelajagimiz media platformasi va Buxoro viloyatI IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan “Yoʻl harakati bilimdonlari” onlayn viktorinasi tashkillashtirildi. Viktorinada 14 yoshga toʻlgan 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ixtiyoriy va bepul tarzda ishtirok etishdi.

        Ishtirokchilar yoʻl harakati qoidalari yoʻnalishiga oid jami 20 ta test savoliga (har bir savolga 30 soniya vaqt ajratilgan holda) toʻgʻri va tezkorlik bilan javob topishi kerak edi. Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga toʻgʻri javob bergan boshidagi 20 nafar ishtirokchilar orasidan gʻoliblar Telegram-kanalida onlayn tasodifiy gʻolibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida saralandi. Tanlovda gʻoliblar uchun birinchi oʻringa smart televizor, ikkinchi oʻringa isitish pechi hamda uchinchi oʻringa elektr choynak sovrinlari qoʻyildi.

        Nihoyat “Yoʻl harakati bilimdonlari” viktorinasining gʻoliblari aniqlandi. Birinchi oʻrinni Buxoro tumanida yashovchi, 22 yoshli Nodira Asrorova oldi. Keyingi oʻrinlarga Buxoro shahridan 22 yoshli Umurzoq Ramazonov va Jondor tumanidan 19 yoshli Alisher Doniyorovlar loyiq deb topildi. Gʻoliblar munosib ragʻbanlantirildi.

U. SHUKRULLAEV,

Kapitan.

Buxoro viloyati.