IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7253-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida transport vositalari bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlarning oldini olish va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish yuzasidan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Fargʻona shahar YXHB axborot xizmati inspektori, katta serjant S.Anastas yoʻl harakati qoidariga kiritilayotgan oʻzgarish va qoʻshimchalarni shaxsiy tarkibga yetkazib, bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamladi. Yoʻl harakati qoidalariga barchaning birdek amal qilishi nafaqat yoʻl-transport hodisalarining kamayishi, balki insonlar jabr koʻrmasligiga ham zamin yaratishi taʼkidlab oʻtildi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldi.
F.Erkinov,
mayor.
