IIV Xorazm akademik liseyida ushbu mavzuda oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi YPX inspektori, katta serjant Ruslan Normetov tomonidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda bolalar bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama etildi. 

Shuningdek, oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalariga amal qilish umr foydasi ekanligi tushuntirilib, yoʻllarda harakatlanish boʻyicha maʼlumotlar berildi.   

Tadbir yakunida esa oʻquvchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 Saʼdulla ABDULLAEV,

  safdor.