Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismda shaxsiy tarkib oʻrtasida yoʻl-transport hodislari bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Viloyat IIB YHXB Axborot xizmati hamda viloyat Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar, yoʻl-transport hodisalarini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlari aks etgan videolavhalar namoyish etilib, shaxsiy tarkib hushyorlikka chaqirildi.
Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish - muhim vazifa

Davom etib o'qing