Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkentda yana «Jentra avtomobillari katta koʻchada qoʻpol qoidabuzarlik qilayotgani aks etgan video tarqaldi, bu safar qora emas, oq rangli «Jentra» haydovchilariga nisbatan tegishli chora koʻrilishini kutamiz” mazmunida videolavha tarqaldi.
Mana shu holat yuzasidan Chilonzor tumani «Yakkabogʻ» Mfyning majlislar zalida qoʻpol qoidabuzarlik videolavhasining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB boshligʻi, polkovnik Rafiqjon Jalilov, Chilonzor tuman IIOFMB 4-sonli IIB boshligʻi, polkovnik Maxmud Gulyamov, xalq deputatlari tuman kengashidan vakil, “Yakkabogʻ” va “Xayrobod” MFY faollari, «Muxsimxon toʻra» jome masjidi imom-xatibi, hudud profilaktika inspektorlari va 50ga yaqin fuqaro ishtirok etdi.
Unda joriy yilning 1 noyabr kuni taxminan soat 16:00larda Chilonzor tumanining “Bunyodkor” koʻchasida 2000 yilda tugʻilgan M. M. hamda A. B.lar oʻzlarining “Lasetti” avtoulovida avariya holatini yuzaga keltirib, yoʻnalishga qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangan. Ushbu holat boʻyicha haydovchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mjtkning tegishli moddalariga binoan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Jamoatchilik vakillari ushbu holat boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib, yoshlarning huquqbuzarliklariga munosabat bildirdi. Oʻz navbatida, huquqbuzarlar ham oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib, kelgusida bu kabi “xurmacha qiliqlar” qilmaslikka vaʼda berishdi.
Qahramon XUDOYBERGANOV,
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshligʻi, mayor.
