Kasb fidoyisi

Yunusobod tumani IIOFMB 2-sonli IIB HPB Yoshlar masalalari boʻyicha katta inspektor, kapitan Nodira Ubaydullayeva tomonidan M.J. ismli qiz ishsizlar roʻyxatida boʻlganligi sababli xonadoniga borib oʻrganildi. Uning oʻzini tutishi va xatti-harakatlari shubhali koʻrindi. Suhbat davomida M.J. psixotrop modda qabul qilishini tan oldi. Shundan soʻng narkologiya markazi shifokori koʻrigidan oʻtkazilib davolandi va ishga joylashtirildi. Hozirda mehnati evaziga jamiyatda oʻz oʻrnini topgan.

Shuningdek, yana bir yosh qiz internet tarmogʻi orqali yigit bilan tanishib qolgan. Suratlarini yigitga yuborgan. Yigitcha uning suratlarini internet orqali tarqatib yuborish va ota-onasiga maʼlum qilish bilan qoʻrqitib pul talab qilgan. Chorasiz qolgan qiz shaʼni, qadr-qimmati toptalgani uchun eng soʻnngi chorani qoʻllashgacha borgan. Kapitan N.Ubaydullayeva u bilan profilaktik suhbat oʻtkazgani natijasida salbiy oqibatning oldi olindi va qizning hayoti saqlab qolindi.

Kapitan N.Ubaydullayeva Samarqand davlat unversitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2002-yilda boshlagan. Uch nafar farzandi bor.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.