Yaqinda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Sh.Sotvoldiev Nishon tumanida sayyor qabul oʻtkazdi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi yuzdan ortiq yoshlar qatnashdi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan yoshlarning 15 nafari ishga joylashish, oʻzini oʻzi band etish, ekin maydonlari ajratilish kabi masalalarda murojaat qildi. Murojaatlarning 2 tasi joyida hal etildi. Qolganlari vaqt va mablagʻ talab etishi inobatga olinib, tegishli sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi. Ushbu jarayonda oʻzini oʻzi band etish taklifi bilan chiqqan 11 nafar yoshga ish qurollari tarqatildi.
Boshqarma boshligʻi yoshlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarga eʼtibor qaratdi. Suhbat jarayonida tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar orasida 22 nafar moddiy yordamga muhtoji borligi aniqlandi. Ularning har biriga moddiy yordam pullari berildi.
Sayyor qabul yakunida sportda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan bir guruh yoshlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
