Qorakoʼl tumani IIB boshligʼi, podpolkovnik J. Rasulov ishtirokida 3-sektor hududidagi Jigʼachi mahallasida joylashgan 30-umumtaʼlim maktabida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuv davomida 20 nafar yoshlarning turli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari sektor ishchi guruhi aʼzolari hamda tuman mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida birma-bir koʼrib chiqildi.

Qabul davomida yoshlardan ishga joylashtirish, kontrakt toʼlovini toʼlash uchun moddiy yordam ajratish, kredit olib tadbirkorlik boshlashga koʼmaklashish va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Koʼrib chiqilgan murojaatlarning 12 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʼlsa, qoʼshimcha oʼrganish hamda vaqt talab etgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, tuman mutasaddi idoralariga tegishli koʼrsatma hamda topshiriqlar berilib, murojaat mualliflariga oʼrganish natijalari haqida xabar berilishi tushuntirildi.

J. MATNIYOZOV.

Buxoro viloyati.