Toshkent viloyati IIBB tomonidan tanlov asosida xizmatga qabul qilingan yosh xodimlar bilan amaliy oʻquv mashgʻulotlari hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.
Yaqinda Angren shahrida joylashgan harbiy qismda boʻlib oʻtgan tadbirda ham viloyat IIBB boshligʻining oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat masʼullari ishtirok etishdi.
Unda soʻzga chiqqanlar har bir osoyishtalik posboni ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi, belgilangan tartib-intizom va qonunchilikka qatʼiy rioya etishi haqida batafsil taʼkidladi.
Shuningdek, mazmunli oʻtgan uchrashuv davomida xodimlar erishayotgan ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda, ular tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar ham yetkazilib, bu borada yoshlarni qiziqtirgan savollarga ham soha masʼullari tomonidan yetarlicha javob qaytarildi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
