Qarshi shahar IIOFMBda 3-sektor hududida yashovchi “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bandlik va aholini ish bilan taʼminlash shahar boʻlimi, yoshlarni ishga va kasbga yoʻnaltiruvchi monomarkaz, bank muassasalari rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda oʻzini oʻzi band qilish, kredit olish, sogʻliqni saqlash va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlarning uchtasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi. Yaʼni, 2 nafar qizga mikrotoʻlqinli pech, 1 nafar yigitga payvandlash apparati berildi. 13 ta murojaat mablagʻ va vaqt talab qilishi bois, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.