Payariq tuman IIB boshligʻi 3-sektor rahbari S.Шарипов ishtirokida “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida yoshlar bilan "Vatanparvarlik va milliy qadriyat" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ishtirok etgan yoshlarga adashib yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet saytlarida noqonuniy guruhlarga aʼzo boʻlmaslik toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, Probatsiya xizmati xodimlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman IIB boshligʻi yoshlarning muammolarini eshitdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Oʻz muxbirimiz.

Samarqand viloyati.