Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Buxoro viloyatida joylashgan 7536-harbiy qismda askarlar bilan “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda mazkur viloyat harbiy prokurori katta yordamchisi, adliya podpolkovnigi S. Timirov ona Vatan osoyishtaligi yoʻlida oʻzining yigitlik burchini astoyidil oʻtayotgan kelajagimiz egalariga harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, mazmunli tarzda oʻtgan ushbu tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.