Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ishsiz va kasb hunarga ega boʻlmagan, huquqiy hamda maʼnaviy psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan uyushmagan yoshlarning muammolarini manzilli hal etish va ularda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga bagishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati IIBB hamda mazkur tuman hokimligi mutasaddilari va ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida ertangi kunimiz egalari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi hamda ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, yoshlar uchun Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va kinologiya xizmati xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Shu bilan birga kelajagimiz egalari Yoʻl harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati hamda Ekspert-kriminalistika markazining koʻchma laboratoriyasi faoliyati, oʻq otar qurollar va maxsus vositalar bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Shunday qilib, haqiqiy vatanparvarlik ruhida oʻtgan ushbu tadbir soʻngida, 16 yoshga toʻlgan qatnashchilarga ID-kartalar va kitoblar topshirildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida uyushqoqlik bilan oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
