Buxoro shahar 3-sektor rahbari, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, polkovnik B. Sharipov "Joʻbor" mahallasi binosida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼullari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikrlari, taklif va mulohazalari eshitildi hamda tegishli idora vakillariga aniq va manzilli topshiriqlar berildi. Topshiriqlarning belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, kun davomida 3-sektor hududidagi "Piridastgir", "Shodlik" va "Toshmachit" mahalla fuqarolar yigʻinlarida mahalla raislari, ularning oʻrinbosarlari, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari, keksalar va jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat ishchi guruh aʼzolari mahalla hududidagi koʻchalarga biriktirilib, obodonlashtirish ishlarini olib borish, mahalla va koʻchalarni koʻrkam maskanga aylantirish maqsadida aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borildi.

K. UMAROV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.