Sirdaryo tumanida "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Sirdaryo tuman Iibning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Tadbirda MFY xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari, tuman Xtbga qarashli umumtalim maktablarining amaliyotchi psixologlari tomonidan yuqori sinf oʻquvchi qizlariga zoʻravonlikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda gender tenglik borasida tushuntirishlar berildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
