Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, ularni ona Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida viloyat ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan xodimlar va IIV Buxoro akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy va jangovar tayyorgarlik tadbirlari oʻtkazildi. Unda IIV meʼyoriy buyrugʻi talablari asosida xodimlarning xizmat kiyim-boshlarini kiyganliklari, xizmat davomida foydalaniladigan, yonlarida olib yurishlari zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi tekshiruvdan oʻtkazilib, saf tayyorgarligi mashgʻulotlari olib borildi.
Tadbirning ikkinchi qismida viloyat IIB sohaviy xizmat vazifalariga bagʻishlangan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Bu yerda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, maxsus texnikalar va qurol-yaroqlar hamda ularning taktik-texnik xususiyatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Tadbir doirasida yoshlarga sohaviy xizmatlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlar tomonidan sohaga oid maʼlumotlar berildi. Shuningdek, harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriya va texnika vositalar namoyishi oʻtkazilib, laboratoriyaning afzalliklari va samaradorligi hamda ekspert-kriminalistika faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari haqida ilmiy-amaliy koʻrgazma tashkil etildi.
I.SAMANDAROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
