Barchamizga yaxshi maʼlumki, qon inson hayotining asosiy manbai hisoblanadi. Baʼzida odamzot baxtsiz hodisalar va kasallik tufayli tufayli ana shu manbani yoʻqotishi va donorlarning shoshilinch yordamiga ehtiyoj sezishi mumkin. Shunday lahzalarda bemor kishiga qon berib, unga chinakam yangi hayot baxshida etadigan kishiliar donor deyiladi va ularning jasorati hamisha tahsinga sazovordir.
Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasining biri guruh xodimlari, xususan, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, yoʻl-putrul va patrul-post xizmati hamda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari viloyat qon quyish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan begʻaraz donorlik aksiyasida faol ishtirok etib, ana shunday ezgu ishga hissa qoʻshdilar.
Bolalar salomatligini muhofaza etish, qon mahsulotlari zaxiralarini yaratish orqali bemorlar va jarohatlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun yoʻlga qoʻyilgan mazkur xayriya tadbiri “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida amalga oshirildi.
Tadbir yakunida qon quyish markazi rahbarlari donorlik qilib, hayot uchun qon bergan ichki ishlar organlari xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.
Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, yurt posbonlari aksiya doirasida donorlikka ehtiyoji bor bemor bolalar xolidan ham xabar olishib, ularga sovgʻalar taqdim etishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
