“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligida maxsus vositalar, oʻq-otar qurollar va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulotni maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi komandiri, mayor Z.Ziyamov olib bordi.

Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlarda mavjud boʻlgan maxsus vositalar, oʻq-otar qurollar va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining turlari, vazifalari, ularni qoʻllash tartibi va ekspluatatsiya qilish qoidalari toʻliq tushuntirib oʻtildi. Zamonaviy oʻq-otar qurollar, maxsus vositalarni qoʻllash va ishlatish tartibi boʻyicha mashgʻulot olib borildi. Harbiy xizmatchilar mashgʻulot davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob olishdi.

Bu kabi tadbirlar harbiy ximatchilarning bilim va koʻnikmasini oshirish bilan bir qatorda, oʻzlariga boʻlgan ishonchni mustahkamladi.

Oʻktamjon Musurmonqulov,

podpolkovnik.