Iivga qarashli 7257-sonli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar Termiz tumanidagi al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi.
Sayohat davomida ular buyuk muhaddis olimning yaratgan oʻndan ortiq asarlari, qilgan ezgu ishlari haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi. Termiziy bobomiz qoldirgan meros «Al-Jomiʼ as-sahiyh» asarining ahamiyati, undagi ishonchli sahihlar haqida ham bilib olishdi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
