Urganch shahri boʻyicha IIOFMB JXX HPB xodimlari tomonidan bolalar oromgohlarida ularning yozgi taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazishi uchun turli targʻibot tadbirlarini amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy eʼtibor, kelajagimiz egalarining yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishi hamda belgilanmagan suv havzalarida choʻmilishning noxush oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirishlar berishga qaratilmoqda.
– Oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida bolajonlar bilan samimiy uchrashuvlar tashkil etilib, ularning bilim va iqtidori sinovdan oʻtkazildi, –deydi mazkur xizmat inspektori, mayor Yulduz Qalandarova. – Ayniqsa, ularning kitobxonlik, sport, musiqa, rassomchilik, naqqoshlik, radiotexnika kabi yoʻnalishlaridagi mahoratlari tadbir tashkilotchilarida zoʻr qiziqish uygʻotdi.
“Gʻamxoʻrlik – 2022” tadbirida esa, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi muhim masalalar boʻyicha ham turli taklif va tavsiyalar berilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
