Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanidagi Xonqiz qishlogʻida yashovchi ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi moyor Avazxon Jamolov uzoq yillar Margʻilon shahar ichki ishlar boʻlimida turli lavozimlarda ishlab, shogirdlar ehtiromida nafaqaga chiqqan.
El-yurt osoyishtaligiga munosib hissa qoʻshgan faxriy ayni kunlarda tabarruk 70 bahorni qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan uning xonadonida shukrona dasturxoni yozilib, doʻstu birodarlar taklif etildi.
Ushbu tadbirda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Margʻilon shahar IIB rahbariyati va Faxriylar kengashi aʼzolari, Avazxon Jamolov bilan birga ishlagan hamkasblar hamda uning shogirdlari ishtirok etdi.
Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov viloyat IIB rahbariyatining faxriyga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shogirdlar va hamkasblarning samimiy qutlovlari hamda koʻrsatilgan ehtiromdan faxriyning boshi osmonga yetdi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
