Toshkent shahar IIBBda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini bitirib, bosh boshqarma ixtiyoriga yuborilgan 10 nafar qizlar bilan suhbat oʻtkazildi. Unda xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish aytib oʻtildi va IIVning tegishli buyruq va koʻrsatma talablari yetkazildi. Shuningdek, sport mashgʻulotlariga doimiy ravishda ishtirok etish, xotin-qizlarning huquqiy, kasbiy, jangovar bilim saviyasi hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida, IIV tomonidan tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyotlarni mutolaa qilish foydadan xoli emasligi uqtirildi.

Sarvar SOBIROV,

"Postda" muxbiri.