IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Nukus shahridagi 7261-sonli harbiy qismda Nukus harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Navoiyxonlik» hamda «Boburxonlik» kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti oʻqituvchi va talabalari ham ishtirok etdi. Talaba-yoshlar Alisher Navoiy va Bobur ijodidan gʻazal va ruboyilar oʻqib, ularning gʻazallariga bastalangan qoʻshiqlardan ijro etishdi.

Azamat PIRNIYAZOV, 

«Postda» muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.