Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi hamda Sirdaryo viloyati IIB hamkorligida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkillashtirildi. 

Musobaqada zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega boʻlgan yigit-qizlar mantiqiy savollarga bergan javoblari orqali oʻz mahoratini namoyish etdi.

Murosasiz, qizgʻin oʻtgan "Zakovat" oʻyinida viloyat IIBning tajribali xodimlari 1-oʻrinni, Guliston davlat universiteti jamoasi ikkinchi va Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi. Gʻolib jamoalar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.