8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7256-sonli harbiy qismda tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirga harbiy qismda xizmat qilayotgan xotin-qizlar, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va askarlarning onalari taklif etildi. Unda ayol harbiy xizmatchilar va askarlar onalariga bayram sovgʻalari topshirildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
