Nukus shahridagi Berdaq nomli Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 25 oktyabrʼ – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda xizmat burchini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan fidoyi xodimlarning oila aʼzolari ishtirok etgan ushbu tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbaev soʻzga chiqib, tinch va osuda hayotimiz posbonlarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.
Shuningdek tadbirda soʻz olgan boshqalar ham davlatimiz tomonidan mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning ijobiy natijalari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtishdi.
Shundan soʻng, bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari munosib tarzda mukofotlandi.
Vazirlik “Orol yulduzlari” ansambili hamda taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuylangan dilrabo taronalar tadbir ishtirokchilariga yanada zavq bagʻishladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
