IIV Xorazm akademik liseyida “Bahor malikasi” mavzucida bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Uni lisey direktori, polkovnik R.Masharipov ochib, bugungi kunda ayollarning jamiyatimizda tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek tadbirda liseyning 1-bosqich oʻquvchi-qizlaridan sakkiz nafari 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Ishtirokchilar oʻzlarining bilimi, epchil va zukkoligini namoyish etib, munis ayollarni, goʻzal qizlarni madh etuvchi sheʼrlardan aytishdi, diltortar qoʻshiqlar ijro etishdi. Bundan tashqari, bellashuvda ishtirokchilarning aqlu zakovati, pazandaligi, isteʼdodi va qobiliyati ham sinovdan oʻtkazildi. 

Gʻoliblar turli nominasiyalar boʻyicha diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbirda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti xodimi, kapitan A.Oripov ham ishtirok etib, munis ayollarimizga oʻzining samimiy tilak va istaklarini izhor etdi hamda taʼlim muassasasi ona tili va adabiyot fani bosh oʻqituvchisi Nasiba Abdullaevaga Ichki ishlar vazirining faxriy yorligʻini topshirdi.  

Behzod QURYOZOV,

IIV Xorazm akademik liseyi direktori 

oʻrinbosari, podpolkovnik.