Oʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi”da Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Nukus harbiy prokuraturasi va mazkur shahar IIOFMB xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi oʻquvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbirda soʻz olganlar konstitusiyamizning yaratilish tarixi, uning jamiyat hayotida tutgan munosib oʻrni haqida keng tushunchalar berishdi.

Shuningdek, tadbir davomida sport va fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchi va ularning ustozlari taqdirlandi.

Haqiqiy vatanparvarlik ruhida oʻtgan ushbu kecha yakunida “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham ishtirokchilar eʼtiboriga namoyish etildi.

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.