Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganligining oʻttiz yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qism 4-bataloni, Koson tumani hokimligi, Mudofaa ishlari boʻlimi hamda “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

  Hudud aholisining qiziqishiga sabab boʻlgan ushbu tadbirda mazkur batalʼon shaxsiy tarkibi tomonidan safda yurish, harbiy tenikalar bilan harakatlanish, saf qoʻshigʻini kuylash hamda xizmat itlarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

   Tadbir yakunida ona Vatanimiz osoyishtalik posbonlariga Koson tumani hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.