Mamlakatimiz Asosiy qonuni qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida ham tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda maʼruzachilar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik hamda aholi farovonligini taʼminlashda Konstitusiya va qonunlarimizning tutgan oʻrni toʻgʻrisida taʼkidlandi.
Shuningdek, mazmunli tarzda oʻtgan mazkur kecha davomida harbiy xizmatchilarning Bosh qomusimizni madh etuvchi sahna koʻrinishlari barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
