IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7255-harbiy qismda “Zakovat” intelektual oʻyini tashkil etildi. Unda harbiy qism boʻlinmalari orasidan 4 jamoa ishtirok etdi. Aql va idrokni charxlovchi ushbu oʻyinda harbiy xizmatchilar oʻzlarining bor bilim va tafakkurlarini namoyon qilib, berilgan savollarga toʻgʻri javob berishga harakat qilishdi.
Oʻyin natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni 2-qoʻriqlash vzvodi shaxsiy tarkibining “Bilimdonlar” jamoasi, ikkinchi oʻrinni Avtomobil vzvodining “Lochinlar” jamoasi, uchinchi oʻrinni esa komendantlik guruhining “Qalqonlar” jamoasi qoʻlga kiritdi.
Musobaqa gʻoliblariga diplom va kitoblar toʻplami topshirildi.
Abdulaziz Maʼmurov,
podpolkovnik.