Ana shu shior ostida Zomin tumanidagi amfiteatrda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila aʼzolari, faxriylar hamda xizmat vaqtida halok boʻlgan soha vakillarining yaqinlari ishtirokida bayram uyushtirildi. Tadbir avvalida viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov yigʻilganlarni istiqlol bayrami bilan qutladi. 

Shundan soʻng namoyish etilgan konsert dasturi barchaga zavq ulashdi. Tadbir davomida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari ichki ishlar organlari jamoalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar – 2024” tanlovining mintaqaviy bosqichi oʻtkazildi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.