Besh asrdan koʻproq vaqt oʻtishiga qaramasdan, ulugʻ mutafakkirlar soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi insonlar qalbiga ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat nurlarini taratib kelmoqda. 

Shu munosabat bilan yaqinda, ikki buyuk zotning tavalludiga bagʻishlab, IIV Malaka oshirish institutida maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkil etildi. 

Unda mazkur taʼlim muassasasi tinglovchilari tomonidan ulugʻ ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli hamda boy ijodiy merosi haqida tadbir ishtirokchilariga keng maʼlumotlar berilib, ularning qalamiga mansub gʻazal va ruboiylardan parchalar keltirildi. 

Shuningdek, tinglovchilar ijrosidagi sahna koʻrinishlari esa, barchaning qalbidan chuqur joy oldi.

Sardor SOQIEV, 

mayor.