Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchilarining maʼnaviy-maʼrifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov natijalari:

1-oʻrin – Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani IIB katta inspektori, leytenant Odinabonu Qodirova

2-oʻrin – Namangan viloyati Uychi tumani IIB boʻlimi katta inspektori, kapitan Xotira Jaloldinova

3-oʻrin – IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchisi Guli Davlatova

Tanlovning faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom, tashakkurnoma, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.