Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taminlash boʻyicha qoʻshinlari 7261-sonli harbiy qismda «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va farzandlari, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, Nukus shahri «Koʻkoʻzak», «Qumbuzovul» mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan hamda nogironligi bor oilalarning farzandlari ishtirok etishdi. Tadbirga bolalar maroqli hordiq chiqarishlari uchun har xil attraksiionlar olib kelindi. Shuningdek, bolajonlarga salqin ichimliklar va shirinliklar hamda muzqaymoqlar tarqatildi.

Shundan soʻng, harbiy xizmatchilarning farzandlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

O. SALIMOV,

mayor.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.