Ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Navoiy viloyati IIBda kitob yarmarkasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan yuzdan ortiq nomdagi ilmiy va va badiiy adabiyotlar joy oldi. Ayniqsa, buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqidagi kitoblar, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Oʻtkir Hoshimov, Tohir Malik, Xudoyberdi Toʻxtaboev qalamiga mansub asarlar xodimlarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular oʻzbek va jahon adabiyotining nodir namunalarini, shuningdek, farzandlari uchun bolalarga moʻljallangan kitoblarni xarid qilishdi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
