Xorazm viloyati IIBda Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram kechasiga ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlar taklif etildi.
Tadbirni viloyat IIB boshligʻi, general-mayor D. Nazarmuhamedov ochib, yigʻilganlarni qutlugʻ ayyom bilan muborakbod etdi. Shundan soʻng, yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhi Ichki ishlar vazirligining koʻkrak nishonlari, Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Kechada Navroʻzning eng tansiq taomi sumalak pishirildi va bayram dasturxoniga tortildi.
Vohaning taniqli sanʼatkorlari oʻzlarining diltortar kuy va qoʻshiqlari, jozibador raqslari bilan kechaga oʻzgacha fayz baxsh etdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
