Fargʻona viloyati IIB boshligʻi uchinchi sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻraev Yozyovon tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur taʼlim muassasasida bugungi kunda 265 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Yangi oʻquv yilida 35 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilindi.
Viloyat IIB boshligʻi oʻquvchilarni Bilimlar kuni bilan qutlab, oʻquv yilida fanlarni qunt bilan oʻzlashtirishlariga ishonch bildirdi. Pedogog-xodimlarning sharafli va mashaqqatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Boshqarma boshligʻi “Mustaqillik darsi”da bevosita ishtirok etib, oʻgʻil-qizlar bilan suhbatlashdi. Yoshlarni hamisha hamjihat boʻlishga, oʻqib izlanishga, Vatanni sevishga, tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga chaqirdi.
Bilimga chanqoq oʻquvchilarga televizor hamda badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
